O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

АQShga borish uchun taklifnoma yoxud jabrlanuvchilarning amalga oshmagan rejalari

Toshkent. 2019 yilning sentyabrь oyidan 28 oktyabrь kuniga qadar 25 yoshli B.Gʼ., Shayxontohur tumani, Bogʼ koʼchasida boʼla turib, oʼzining tanishi 35 yoshli S.X., ning ishonchiga kirib, unga 5.000 АQSh dollari evaziga АQSh davlatiga borishga viza uchun taklifnoma qilib berishni vaʼda qilib, uni aldab, 2.700 АQSh dollari miqdoridagi pullarni olib, bergan vaʼdasini bajarmasdan, pullarni oʼz ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.

Shuningdek, B.Gʼ. jinoiy harakatlarini davom ettirib, 2019 yilning sentyabrь oyidan 28 oktyabrga qadar 26 yoshli B.А., ning ishonchiga kirib, unga 5.000 АQSh dollari evaziga АQSh davlatiga borishga viza uchun taklifnoma qilib berishni vaʼda qilib, aldab, undan ham 2.050 АQSh dollari miqdoridagi pullarni olib, vaʼdasini bajarmay, firibgarlik yoʼli bilan qoʼlga kiritgan pullarni oʼz ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.

Holat yuzasidan Shayxontohur tumani 6-sonli IIO FMB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi
1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Dastlabki tergov jarayonida B.Gʼ. tomonidan yetkazilgan moddiy zarar jami 44.950.707 soʼmni tashkil qilganligi aniqlangan, shundan tergov jarayonida 946.300 soʼm qoplangan boʼlib, B.Gʼ. ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, unga nisbatan “shaxsiy kafillik” ehtiyot chorasi qoʼllanilgan.

Jinoyat ishi boʼyicha ayblov xulosasi tuzilib, tegishliligi boʼyicha sudlovga oshirish masalasini koʼrib chiqish uchun Shayxontohur tumani prokuraturasiga yuborilgan.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech