O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Og‘ufurushlarning harakatlariga chek qo‘yildi

Buxoro. 2020 yilning 10 oktyabr kuni soat 17:45 da Buxoro shahar A.G‘ijduvon ko‘chasida joylashgan “Karvon buyum bozor” oldidagi piyodalar yo‘lagida “Spark” rusumli avtomashina to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilganida avtomashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan B.O., avtomashinaning old yo‘lovchi eshigining pastki qismida qora rangli polietilen paketda 10 dona gugurt qutilariga solinib, qadoqlangan holdagi 22,75 gr.ga teng bo‘lgan ko‘p miqdordagi “Marixuana” giyohvandlik moddalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlab, qonunga xilof ravishda saqlab kelayotganligi aniqlanib, xolislar ishtirokida tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan. Shu sababli, B.O., o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra jinoiy maqsadini oxiriga yetkaza olmasdan, ko‘p miqdordagi “marixuana” giyohvandlik vositalarini o‘tkazishga suiqasd qilgan.

Bundan tashqari, tergovga qadar tekshiruv davomida B.O.,ning yon cho‘ntagidan quritilgan holdagi sof vazni 0.97 gr. giyohvandlik vositasi aniqlanib, xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olingan. Tergov jarayonida, B.O., yuqoridagi giyohvandlik vositalarini B.X.,dan olinganligi aniqlanib, ushbu shaxsning uyi tintuv qilinganda uyining og‘ilxonasidan og‘irligi 177,09 gr.ga teng “marixuana” giyohvandlik vositalari borligi aniqlanib, tegishli tartib rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan B.X.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi (taqiqlangan ekinlarni yetishtirish) va 273-moddasi 5-qismi (Giyovandlik vositalarini ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotish) bilan ayb eʼlon qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. B.O.,ga nisbatan esa JKning 25,273-moddasi 5-qismi (Giyohvandlik vositalarini ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotishga suiqasd qilish) bilan ayb eʼlon qilinib, unga ham “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech