O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

“Ofitsiant”ga shilqimlik qilgan bezorilar ushlandi

Namangan viloyati. 2021 yilning 05 aprel kuni soat 21:00 larda 25 yoshli G‘.Ilhom, 24 yoshli Q.Akmal va 22 yoshli E.Jahongirlar Mingbuloq tumani “Kichik Jomasho‘y” mahallasida joylashgan jamoat joyi hisoblangan “Vodiy” umumiy ovqatlanish oshxonasida ularga xizmat ko‘rsatayotgan 19 yoshli Y.Gulmiraga shilqimlik qilib, uni sochidan ushlab tortganlarida ularni tinchlantirmoqchi bo‘lgan 31 yoshli B.Zokirjonni hech bir sababsiz urib do‘pposlaganlar va ularning bezorilik harakatlarining oldini olmoqchi bo‘lgan 46 yoshli N.Adhamjon va 27 yoshli S.Burgutalilarga qarshilik ko‘rsatib, ularni ham urib, pichoq bilan S.Burgutalining son qismiga jarohat yetkazganlar.

Sud tibbiy ekspertiza xulosasida B.Zokirjon va N.Adhamjonlar “yengil” hamda S.Burgutali “o‘rtacha og‘ir” tan jarohatlari olganliklari ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Mingbuloq tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan G‘.Ilhom, Q.Akmal va E.Jahongirlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “a,g” bandlari (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlanganlar.  

Tergov harakatlari jarayonida, G‘.Ilhom, Q.Akmal va E.Jahongirlar ushbu umumiy ovqatlanish oshxonasida ofitsiant bo‘lib ishlovchi Y.Gulmirani ular bilan birgalikda bir stolda o‘tirib ovqatlanishga majburlab, turli uyatli xatti-harakatlar sodir etganliklari sababli ushbu jinoyat kelib chiqqanligi aniqlangan.

Hozirda tergov davom etmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech