O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Telefon qilib olsam maylimi!?

Toshkent shahri. 2021 yil 08 fevral kuni soat 19:25 larda nomaʼlum shaxslar Uchtepa tumani 11-mavze M.Shayxzoda ko‘chasida joylashgan 74-sonli umumtaʼlim maktabiga kirish darvozasi oldida 21 yoshli Jaloliddin X.,dan unga tegishli “Samsung A 70” rusumli uyali telefon apparatidan bir marotaba foydalanib turishni so‘rab olib narxi 300 AQSH dollarlik bo‘lgan  “Samsung A 70” rusumli uyali telefon apparatini olib qochib ketishgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni 20 yoshli Ibrohim A., va Xurshid E., lar sodir etganliklari, fuqaro Jaloliddin X.,ga tegishli “Samsung A 70” rusumli uyali telefon apparatini Uchtepa tumanida joylashgan “Farhod” dehqon bozorida 320.000 so‘m evaziga sotib yuborganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Uchtepa tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Ibrohim A., va Xurshid E., larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi "v" bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davomida jabrlanuvchiga yetkazilgan moddiy zarar to‘liq qoplangan. 

Hozirda tergov davom etmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi tergov departamenti

Text to speech