O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

“Pul pulni chaqiradi” deb firibgarga “milliardlar”ini bergan korxona rahbari endilikda jabrlanuvchi

Farg‘ona viloyati. 2020 yilning iyul oyidan dekabr oyiga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida 31 yoshli Husanjon T., Qo‘qon shahrining turli hududlarida tanishi 38 yoshli Kamoliddin I.,ga bank tizimi pul o‘tkazmalari orqali pullarini aylantirib, ko‘p foyda olishi mumkinligiga qiziqtirib, undan jami 71 200 AQSH dollar va 1 009 258 000 so‘m pul mablag‘larini aldov yo‘li bilan olib, ushbu pullarni ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahri bo‘yicha IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan Husanjon T.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tergov harakatlari jarayonida, Kamoliddin I., Qo‘qon shahrida joylashgan xususiy korxona rahbari bo‘lib, Agra bank Qo‘qon shahri filiali mijozi ekanligi, ushbu bank xodimi Husanjon T., bilan ancha yildan beri tanish bo‘lib, unga 20 000 AQSH dollar qarz berganida, Husanjon T., ushbu pullarni bankka qo‘yib foyda olishini aytib, uni qiziqtirib bir oylik foydaning yarmi deb boshlanishiga 2.250.000 so‘m pul olib kelib berib, keyinchalik undan olgan pullari evaziga foydasi deb jami 240.000.000 so‘m pul mablag‘lari berib, u ham qiziqib yana-da ko‘proq pul berib borganligi, oradan maʼlum bir vaqt o‘tib, Husanjon T., xorijga chiqish pasportini olib Qirg‘iziston Respublikasiga chiqib ketib qolganligi, undan olgan pullarini bankka qo‘ymasdan ehtiyojlariga sarflab, bir qismiga yer uchastkasi sotib olib, bir qismini tanish ayoliga berganligi maʼlum bo‘lgan.

Hozirda Husanjon T.,ni ushlash choralari ko‘rilmoqda.     

Hurmatli fuqarolar, mulklaringiz va pullaringizni notanish hamda halol inson sifatida Sizga tanish bo‘lmagan insonlarga o‘z xohishingiz bilan bermang. Firibgarlarni to‘riga tushmaslik o‘z qo‘lingizda.

 

 O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech