
Ish faqat ofitsiantlikdan iborat emas...
Buxoro viloyati. Joriy yilning 02 aprel kuni, Buxoro viloyati IIB hamda viloyat DXX xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilib, 26 yoshli fuqaro S.Sh., Turkiya Respublikasida yashovchi “Samir” ismli tanishi bilan oldindan jinoiy til biriktirib, 25 yoshli fuqaro M.M.ni Turkiya Respublikasida “ofitsiant” bo‘lib ishlashini aytib ishontirib, M.M.ni “Toshkent-Istanbul” yo‘nalishida harakatlanishi uchun aviachipta olib berib, Toshkent shahridagi “I.Karimov” nomidagi xalqaro aeroport hududida tezkor tadbir o‘tkazilib, chet elga yubormoqchi bo‘lgan vaqtida ushbu jinoiy holat aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 135-moddasi 2-qismi “g, ye” bandlari (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda fuqaro S.Sh.ga nisbatan ayblov e’lon qilish va ehtiyot chorasini tanlash masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
Dastlabki tergov davom etmoqda.
Aytib o‘tish joizki, mazkur turdagi jinoyat uchun amaldagi qonunchilikka ko‘ra, 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin.
Oʼzbekiston Respubikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti