100 ming so‘mlik yutuqni olish uchun plastik karta raqami va kodini firibgargarga oshkor qildi, oqibat esa...
Navoiy. 2020 yilning 03 iyulь kuni soat 01:45 da nomaʼlum shaxs oʼzganing mulkini firibgarlik, yaʼni aldash va ishonchni suiisteʼmol qilish yoʼli bilan qoʼlga kiritish maqsadida, internet ijtimoiy tarmogʼidagi “Instagram” saytiga kirib, “MS.Lolitta_darit” akkauntidan fuqaro 53 yoshli Konishbay Sh., ga 100 ming soʼm pullarni yutuq sifatida qoʼlga kiritganligini ushbu pullarni uning kartasi hisobiga tashlab berishini vaʼda berib, Konishbay Sh.,ning nomiga ochilgan bank plastik kartasini raqami va maxfiy kodini aldov yoʼli bilan qoʼlga kiritib, ushbu karta hisobida boʼlgan jami 2 mln. 50 ming soʼm pullarni firibgarlik yoʼli bilan qoʼlga kiritgan.
Mazkur holat yuzasidan Zarafshon shahar IIB huzuridagi Tergov boʼlinmasi tomonidan nomaʼlum shaxsga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “v” bandi (firibgarlik) bilan bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.
Hurmatli fuqarolar, firibgarlar tuzogʼiga tushib qolmaslik uchun oʼzingizning plastik kartangizning raqami va maxfiy kodlarini hech kimga oshkor qilmasligingizni soʼraymiz!
Hozirda nomaʼlum shaxsni aniqlash maqsadida bir qator tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mualif: Kadrlar boʼlinmasi katta inspektori
katta leytenant
S.Sobirjonov
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti