O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Avval tayinlangan jazo talonchi uchun tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lmadi

Toshkent shahri. 2020 yilning 13 noyabr kuni soat 13:00 da nomaʼlum shaxs talonchilik sodir etish maqsadida, Toshkent shahar Uchtepa tumani 23-mavzesidagi ko‘p qavatli uylarning oldi tomonidan yurib ketayotgan 18 yoshli Kamola H.,ning orqa tomonidan kelib, egnidagi kiyimini o‘ng cho‘ntagida bo‘lgan narxi 2 mln. so‘mlik «Samsung Galaxy A 6» rusumli uyali telefon apparati bilan narxi 10 ming so‘mlik “SIM” kartasini tortib olib, Kamola H.,ni baqirishiga qaramasdan turtib yuborib tan jarohati yetkazgan holda hodisa joyidan yashiringan.

Olib borilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni 31 yoshli Dilshod M., sodir etganligi, Kamola H.,ga tegishli «Samsung Galaxy A 6» rusumli uyali telefon apparatini fuqaro 24 yoshli Doston S.,ga 500.000 so‘mga sotganligi aniqlanib, fuqaro Doston S.,dan xolislar ishtirokida ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Dilshod M.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “a” bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida aniqlanishicha, 31 yoshli Dilshod M., muqaddam bir necha marotaba shu turdagi jinoyatlarni sodir etganligi uchun sudlanganligi maʼlum bo‘lib, u JKning 166-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech