Rashk bo‘roni
Toshkent shahar. Joriy yilning 02 fevral kuni soat 20:00larda Yangihayot tumani “Fayzli” MFYda yashovchi 50 yoshli N.V. va uning birga yashovchi norasmiy xotini 36 yoshli V.Ye.,lar mast holatda bo‘la turib, o‘rtalarida kelib chiqqan janjal oqibatida V.E. xonadonda bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan N.V,ning ko‘krak qafasiga bir marotaba urib, tan jarohati yetkazgan.
Natijada N.V. olgan tan jarohatlari bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga yotqizilib, RSHTYOIM tomonidan berilgan birlamchi maʼlumotnomaga ko‘ra, N.V.,da “ko‘krak qafasida kesib sanchilgan jarohati, mastlik holati” mavjudligi va hayot uchun xavfli bo‘lgan “og‘ir” tan jarohati ekanligi ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Yangihayot bo‘yicha tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan V.Ye.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “l” bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.
Tergov davomida, jinoyatning kelib chiqish sababi o‘rganilganda, shu kuni gumonlanuvchining uyiga uning qo‘shnisi 42 yoshli S.O. mehmonga kelib, birgalashib spirtli ichimlik isteʼmol qilgan vaqtida jabrlanuvchi qo‘shni ayolni quchoqlaganligidan V.E. rashki kelib, bir-birlari bilan janjallashib ketishib, natijada yuqoridagi holat vujudga kelganligi maʼlum bo‘ldi.
Tergov davom etmoqda.
Taʼkidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti