O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Avtomashinadan sodir etilgan o‘g‘irlik fosh etildi.

Namangan. 2020 yil 10 fevral kuni soat taxminan 10:30 da noma'lum shaxs 50 yoshli X.M.,ga tegishli bo‘lgan “Gentra” rusumli avtomashinasini Namangan shahar "Yuqori G‘irvon” MFYda joylashgan avtoshohbekatida qarovsiz qoldirilganligidan foydalanib, avtomashina eshigini kalit tanlash yo‘li bilan ochib, avtomashina salonida bo‘lgan jami 1.485 AQSh dollari miqdoridagi pullarni yashirin ravishda talon-taroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Namangan shahri IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respblikasi JKning 169-moddasi 1-qismi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida mazkur jinoyatni 43 yoshli K.S. sodir etganligi aniqlanib, undan 1.000 AQSh dollari ashyoviy dalil sifatida prosessual tartibda olingan, K.S.,ga nisbatan tegishli moddalar bilan ayb e'lon qilingan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov Departamenti.

Text to speech