O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Oʼtgan yillarda sodir etilgan jinoyat fosh qilindi

2019 yil 11 noyabr kuni nomaʼlum shaxs Yangier shahrida yashovchi, fuqaro 34 yoshli Z.N.ning uyiga gʼayriqonuniy ravishda kirib, uyning yotoqxonasidan umumiy qiymati 25.000.000 soʼmlik bir nechta tilla-taqinchoqlari saqlanayotgan temir seyfni yashirish ravishda oʼgʼirlab, hodisa joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Yangier shahar IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan nomaʼlum shaxsga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Dastlabki tergov jarayonida tergov yoʼli bilan mazkur jinoyatni 29 yoshli Sh.Ya. va 28 yoshli Sh.S.lar sodir etganliklari aniqlanib, 2020 yilning 27 yanvar kuni Sh.Ya.dan bir dona temir seyf ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan hamda Sh.Ya. va Sh.S.lar jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, protsessual tartibida ushlanganlar.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech