Olti oy muqaddam sodir etilgan jinoyat tergov yoʼli bilan fosh etildi
Sirdaryo. 2020 yilning 12 mart kuni soat 06:15 da, Guliston tumani, “Oltin vodiy” mahallasi hududida joylashgan “Koʼnchi” mol bozorida 55 yoshli А.U., chorva mollari sotib olish uchun aylanib yurgan vaqtida nomaʼlum shaxs uning egnida boʼlgan sariq rangli matodan tikilgan sumkasining ostki qismini kesib, sumkaning ichida boʼlgan jami 15.000.000 soʼm pullarini kissavurlik yoʼli bilan oʼgʼirlab ketgan, hodisa joyidan yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan Guliston shahar IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan nomaʼlum shaxsga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “a” bandi (oʼgʼirlik, yaʼni jabrlanuvchining kiyimi, sumkasi yoki boshqa qoʼl yukidagi ashyoga nisbatan (kissavurlik)) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.
Dastlabki tergov jarayonida mazkur jinoyatni muqaddam sodir etgan jinoyati uchun Samarqand viloyati Oqdaryo tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan qoʼzgʼatilgan jinoyat ishi boʼyicha JKning 169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʼllanilgan 41 yoshli L.X., sodir etganligi aniqlangan.
Guliston tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi ish yurituvidagi jinoyat ishi boʼyicha L.X., gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.
Hozirda mazkur jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov deparatmenti