O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Spirtli ichimlik iste'mol qilish oqibatida boshlangan janjal o‘lim bilan xotima topdi.

Xorazm. 2020 yil 15 fevral' kuni saot taxminan 19:00 da 54 yoshli R.K. Yangiariq tumani “R.Otajanov” mahallpsida joylashgan yashash uyida tanishi 56 yoshli S.J. bilan spirtli ichimlik iste'mol qilib, o‘zaro janjallashib, qo‘llari va oyoqlari bilan S.J.,ni urib-do‘ppolslagani natijada S.J. hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Yangiariq tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (odam o‘limiga sabachi bo‘lgan, qasdan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, R.K. ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Text to speech