O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Qing‘ir yo‘l bilan jarima maydonidan avtomashinasini olib chiqish...

Farg‘ona viloyati. 2020 yilning 26 yanvar kuni 42 yoshli D.Xolida Oltiariq tumani O‘zbekiston mahallasida tanishi 25 yoshli M.Izzatbekka YPX xodimlari tomonidan jarima maydoniga qo‘yilgan “Nexia-2” rusumli avtomashinasini olib chiqib berishda yordam berishini vaʼda qilib, aldov yo‘li bilan jami 5 575 000 so‘m pullarni qo‘lga kiritib, o‘z ehtiyojiga sarflab yuborgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, D.Xolida Oltiariq tumanida joylashgan umumtaʼlim maktabida xo‘jalik mudiri lavozimida faoliyat olib borishi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Oltiariq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan D.Xolidaga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi doirasida ushbu jinoyatning kelib chiqish sabablari o‘rganilib, huquqiy baho berilishi taʼminlanadi.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

 

Text to speech