Rashk og‘ir tan jarohati yetkazishga sabab bo‘ldi
Qashqadaryo. 2020 yilning 07 noyabr kuni soat 21:30 da 34 yoshli B.D., qarindoshi 41 yoshli Sh.A.,ga tegishli Xalqobod qishlog‘ida joylashgan choyxonaga borib, Sh.A.,ning boshqaruvidagi “Labo” rusumli avtomashinasiga o‘tirib, o‘zaro muloqot jarayonida shu choyxonada idish yuvuvchi bo‘lib ishlayotgan o‘zining turmush o‘rtog‘i 31 yoshli E.T., bilan fuqaro Sh.A.,ning ishqiy munosabatlariga aniqlik kiritish yuzasidan Sh.A., bilan o‘zaro tortishib qolib, so‘kishib, haqorat qilgan holda avtomashina old oynasi tagida turgan oshxona pichog‘i bilan B.D., fuqaro Sh.A.,ning tanasining turli joylariga tan jarohati yetkazib, hodisa joyidan yashiringan.
Shundan so‘ng, jabrlanuvchi Sh.A., o‘ziga tegishli “Labo” rusumli avtomashinasini boshqargan holda tuman markaziy shifoxonasiga borib murojaat qilgan. O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, gumon qilinuvchi B.D., G‘uzor tumani hududida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan G‘uzor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Dastlabki tergov jarayonida B.D., ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan hamda unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti