Yonida nima sababdan tikuvchilik qaychisini olib yurganligi tergov jarayonida aniq bo‘ladi
Toshkent shahri. 2021 yilning 08 may kuni soat 19:30 larda 25 yoshli M.Bexruz Chilonzor tumani TXAY ko‘chasida joylashgan jamoat joyi hisoblangan “Gipermarket” qarshisidagi yer osti yo‘lagining yonida turgan 24 yoshli R.Magamet bilan janjallashib qolib, yonida bo‘lgan tikuvchilar qaychisi bilan tanasining turli joylariga urib jarohat yetkazgan.
Tibbiy maʼlumotnomada fuqaro R.Magametning tanasida chuqur sanchib kesilgan jarohatlar borligi ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan M.Bexruzga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “v” bandi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat ishi doirasida ushbu jinoyatning kelib chiqish sabablari o‘rganilib huquqiy baho berilishi taʼminlanadi.
Hozirda tergov davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti