O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Safdor xodimning ziyrakligi jinoyatni issiq izidan ochishga yordam berdi

Jizzax viloyati. 2022 yilning 12 fevral kuni Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasining safdor xodimi Baxrom Risboyev Sharof Rashidov tumani Zilol mahallasida hududidan o‘tib ketayotgan vaqtida o‘zini shubhali tutgan va qo‘lida temir seyfni olib ketayotgan fuqaroni to‘xtatib, undan o‘zini tanishtirishini so‘raganida, nomaʼlum shaxs qo‘lidagi seyfni tashlab, nomaʼlum tomonga qochib yashiringan.

Safdor B.Risboyev bu haqda Jizzax shahar IIB Navbatchilik qismiga zudlik bilan xabar qilgan va uning maʼlumotiga asosan tergov-tezkor guruhi voqea joyiga chiqarilib, olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida, mazkur jinoyatni Jizzax shahar Zilol mahallasida yashovchi 21 yoshli N.S. sodir etganligi aniqlangan.

Maʼlum bo‘lishicha, N.S. 11 fevral kuni tunda Jizzax shahar Zilol mahallasi Mustaqillik ko‘chasida joylashgan uylarning yerto‘lasida «LION stale» erkaklar sartaroshxonasida hech kim yo‘qligidan foydalanib, sartaroshxonaning eshigini buzish yo‘li bilan ochib g‘ayriqonuniy ravishda kirgan va javonda turgan jami 700 ming so‘m pullar, 1 dona “Ipone 5” rusumli telefon apparatini hamda ichida 350 AQSH dollari va 1 mln. so‘mdan ortiq pullari bo‘lgan bir dona temir seyfni o‘g‘irlab, yo‘lda ketayotgan vaqtda safdor B.Risboyev tomonidan payqab qolinishi natijasida qo‘lidagi temir seyfni tashlab qochgan. Biroq, tergov-tezkor guruhining say-harakatlari natijasida N.S.ning shaxsi aniqlanib ushlangan va yonida bo‘lgan 1 dona “Ipone 5” rusumli telefon apparati ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jizzax shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan N.S.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech