Samarqand Davlat Universiteti dekani talabadan 500 AQSH dollar olgan vaqtida IIB va DXX xodimlari tomonidan ushlandi
Samarqand viloyati. Samarqand viloyati IIB JQB korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi va DXX Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda 2021 yilning 30 mart kuni soat 16:00da Samarqand shahar Pedagogika kolleji binosining kirish qismida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Samarqand Davlat Universiteti Sanʼatshunoslik fakulteti dekani o‘rinbosari lavozimida ishlovchi 35 yoshli Sherzod P., o‘zining xizmat vazifasidan foydalanib, ushbu fakultetning 1-bosqich talabasi Shahnoza I.,ni psixologiya fanidan oraliq nazorati imtihonini ijobiy hal qilishi va uni yakuniy imtihonga kiritishi evaziga 500 AQSH dollar pullarni tadbir ishtirokchisi B.B.,dan olgan vaqtida ushlangan.
Tezkor tadbir davomida, Sherzod P., dan 500 AQSH dollar pul mablag‘lari ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Sherzod P.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi (Firibgarlik, yaʼni xizmat mavqeidan foydalanib sodir etilgan bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departament