Samarqandda mast erkak avtomashinani olib qochib, yo‘l-transport hodisasiga uchradi
Samarqand viloyati. 2022 yil 21 mart kuni soat 20:30 da Narpay tumani “Mustaqillik” mahallasida yashovchi 27 yoshli I.F. spirtli ichimlik isteʼmol qilgan holatda Narpay tumani “Mustaqillik” mahallasi Voriston qishlog‘i hududidan o‘tuvchi ichki avtomobil yo‘lining o‘ng tomonida Voriston qishlog‘i 21-uyning yonidan o‘tib ketayotganida, yo‘l chetida turgan 24 yoshli Sh.O.ning boshqaruvida bo‘lgan “NEXIA-2” rusumli avtomashinaning eshiklari ochiqligi va kaliti o‘zida ekanligidan foydalanib, ushbu avtomashinani nomaʼlum tomonga olib qochib, so‘ngra mazkur avtomashinada I.F. “Samarqand-Buxoro” yo‘nalishidagi M-37 avtomobil yo‘lining 109-km.da, qarama qarshi yo‘nalishda boshqarib borib “Damas” rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasini sodir etib, hodisa joyidan yashiringanligi aniqlangan.
Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida qonunbuzar Narpay tuman IIB xodimlari tomonidan ushlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Narpay tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan I.F.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda yuqoridagi shaxs nima sababdan ushbu jinoyatga qo‘l urganligi aniqlanmoqda.
Tergov harakatlari davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti