Firibgarlikni kasb qilib olgan shaxs sud oldida javob beradi
Toshkent shahri. 2019 yilning iyun oyining oxirlarida 26 yoshli F.S. Toshkent shahar, Yashnobod tumanida, 43 yoshli N.X., ni aldab, uning ishonchiga kirib Yashnobod tumanidan bir xonali uy olib berishni vaʼda qilib, undan 47.500.000 soʼm pullarni qoʼlga kiritib, bergan vaʼdasini bajarmasdan pullarni oʼzining ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Shuningdek, F.S. oʼzining jinoiy harakatlarini davom ettirib, 28 yoshli А.K., ni ishonchiga kirib, unga egasiz, lekin texnik hujjati mavjud boʼlmagan “Cobalt” rusumli transport vositasini 4.000 АQSh dollari evaziga olib berish va nomiga rasmiylashtirib berishni vaʼda qilib, 2020 yil 12 yanvar kunidan 15 fevralь kuniga qadar boʼlgan vaqt oraligʼida А.K., dan jami 33.205.000 soʼm va 700 АQSh dollari miqdoridagi pullarni qoʼlga kiritgan va oʼzining ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Bundan tashqari, F.S. oʼzining jinoiy harakatlarini davom ettirib, 2020 yil yanvarь oyi davomida, А.K., ga oʼzini davlat notarial idorasida prokuratura va YHXB idoralarida ishlovchi mansabdor tanishlari orqali, “Cobalt” rusumli transport vositasini hujjatlarini uni nomiga oʼtkazishda ijobiy hal qilib berishini aytib, uni pora berishlikka ogʼdirib, А.K., dan jami 21.595.000 soʼm miqdoridagi pullarni va chiroyli davlat raqamini rasmiylashtirib berishini vaʼda qilib, 6.460.000 soʼm miqdoridagi pullarni firibgarlik yoʼli bilan qoʼlga kiritib, oʼzining ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Bundan kifoyalanmay, F.S., oʼzining jinoiy harakatlarini davom ettirib, 2020 yil fevralь oyida А.K., ga “UАZ Patriot” rusumli transport vositasini sovgʼa qilishni vaʼda qilib, buni evaziga 700 АQSh dollari pullarni berishi kerakligini maʼlum qilib, А.K., dan 700 АQSh dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida IIB xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tumani boʼyicha IIO FMB 2-sonli IIB Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, F.S. JKning 168-moddasi 2-qismi “a” bandi, 168-moddasi, 3-qismi va 28-221-modda, 2-qismi bilan ayb eʼlon qilinib, F.S. yetkazgan moddiy zararini tergov jaranyonida qoplaganligi sababli, unga nisbatan “garov” ehtiyot chorasi qoʼllanilgan.
Jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan tegishli sudlovga yuborilish masalasini xal qilish uchun tuman prokuraturasiga yuborilgan.
Hurmatli fuqarolar firibgarlar toʼriga tushib qolmang, arzon avtomashina yoki uy olish niyatida yillab halol yigʼgan pullaringizni aldovlarga uchib oʼz qoʼlingiz bilan firibgarlar qoʼliga topshirib qoʼymang. Qonunga xilof ravishda qingʼir yoʼllar bilan nisbatan arzon mulkka yegalik qilaman deb firibgarlardan jabrlanib qolmang.
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov depratamenti