O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

“NAVOIY AVTO-SAVDO” MCHJning “Gentra” avtomashinasi uchun ortiqcha pul to‘langanligi haqidagi xabar jabrlanuvchini esankiratib qo‘ydi

Navoiy. 2020 yilning 10 iyul kuni soat 19:00 da nomaʼlum shaxs o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, telegramm messenjerida tashkil etilgan “Navoiy-Avtosavdo” guruhiga aʼzo bo‘lgan Zarafshon shahrida yashovchi fuqaro F.J., bilan telegramm orqali yozishib, “Gentra” rusumli avtomashinani xarid qilish uchun “Navoiy-avtosalon” MCHJ ga to‘langan 94.445.000 so‘m miqdoridagi pullardan bir qismi ortiqcha to‘lov qilinganligi sababli iyul oyi uchun to‘langan summalar qaytarib berilishi haqida yolg‘on maʼlumotlar yozib, F.J.,ning ishonchiga kirib, uning nomiga “Milliy bank” AJ Zarafshon shahar filialidan ochilgan “Uzcard” plastik kartasining maxfiy kodlarni aldov yo‘li bilan aniqlab olib, “Milliy bank” ilovasi orqali 6 mln. 020 ming so‘m miqdoridagi pullarni qo‘lga kiritgan.

Mazkur holat yuzasidan nomaʼlum shaxsga nisbatan Zarafshon shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “v” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni 25 yoshli Sh.H., sodir etganligi aniqlangan.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech