O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Sifatli ohang shaydosi

Andijon viloyati. 2021-yil 1-dekabr kuni soat 23:30 larda 20 yoshli T.L. Marhamat tumani Mustaqillik ko‘chasida joylashgan 26 yoshli Z.X.,ga tegishli bo‘lgan avtomobillariga texnik xizmat ko‘rsatish ustaxonasiga devor oshish yo‘li bilan g‘ayriqonuniy ravishda kirib, mazkur ustaxonada bo‘lgan umumiy qiymati 300 AQSH dollariga teng bir dona «sambufer» hamda ovoz kuchaytirgich moslamasini yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa sodir bo‘lgan joydan yashiringan.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, T.L.,dan jabrlanuvchiga tegishli bo‘lgan bir dona sambufer hamda ovoz kuchaytirgich xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Marhamat tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan T.L.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech