Bekatdagi og‘zaki tortishuv tan jarohat yetkazish bilan tamomlandi.
Andijon. 2020 yilning 27 yanvar kuni taxminan soat 22:30 larda, Andijon tumani, “Daryo-bo‘yi” mahallasidan o‘tuvchi avtomobil qatnov yo‘li yoqasidagi yo‘lovchilar kutish bekati oldida, 20 yoshli O.O. tanishi 24 yoshli M.H. bilan o‘zaro gap tortishib janjallashib, janjal vaqtida M.H.ni yuz qismiga bir marotaba urib, unga tan jarohati yetkazgan. Natijada M.H. bosh qismidan jiddiy jarohat olib, shifoxonaga murojjat qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Andijon tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O.O.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104 moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, dastlabki tergov davom ettirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti