O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Jizzax viloyatidagi karantin qoidalarini buzilishi bilan bogʼliq holat, jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan

Jizzax viloyati. 2020 yilning 07 aprelь kuni Sharof Rashidov tumanida yashovchi 44 yoshli Jaloliddin А. Jizzax viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida tuzilgan «Koronavirus» tezkor shtabining telefon raqamiga qoʼngʼiroq qilib, mazkur shtab tezkor navbatchi xodimiga Jizzax viloyatida prokuratura xodimi va uning oila aʼzolari «Koronavirus» infektsiyasini yuqtirib olganligi haqida yolgʼon maʼlumot berib, ularni tibbiy koʼrikdan oʼtkazgan «Doktor-А» xususiy shifoxonasining shifokori hozirgi kunga qadar mazkur shifoxonaga boshqa kasalliklar bilan murojaat qilgan bemorlarni ham qabul qilib, muolaja qilayotganligi sababli unga nisbatan tegishli chora koʼrish kerakligini, aks holda tegishli idoralarga murojaat qilishligini maьlum qilib, ushbu suhbat jarayonini uyali telefon apparati orqali yozib olgan.

Bundan kifoyalanmay, Jaloliddin А., Jizzax viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markaziga qoʼngʼiroq qilib, markazning navbatchi shifokori va navbatchi hamshirasiga ham xuddi shu kabi maʼlumotni bayon qilib, shifokorga nisbatan chora koʼrish lozimligini, aks holda ular bilan boʼlib oʼtayotgan suhbat jarayoni yozib olingan audioyozuvni internet tarmogʼi orqali tarqatib yuborishini maʼlum qilib, tahdid qilgan. 

  Shundan soʼng Jaloliddin А. karantin davrida, haqiqatga toʼgʼri kelmaydigan maʼlumotlar yozilgan ushbu ikkita audioyozuvni «Telegram» ijtimoiy tarmogʼi orqali tarqatib yuborgan.        

Mazkur holat yuzasidan Sharof Rashidov tumani IIB huzuridagi Tergob boʼlimi tomonidan Jaloliddin А., ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 2445-moddasi 2-qismi (Karantinli va inson uchun xavfli boʼlgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi haqida haqiqatga toʼgʼri kelmaydigan maʼlumotlarni tarqatish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan. Jaloliddin А. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib va oʼrnatilgan tartibda ushlangan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

 

Zomin tumani IIO FMB huzuridagi

TB katta tergovchisi

mayor E.B.Eraliyev

Text to speech