O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Cho‘ntakdagi “Franklin” tasvirli kupyura talonchilik qurboniga sabab bo‘ldi

Toshkent shahri. 2021 yilning 07 yanvar kuni soat 11:00 da, nomaʼlum shaxs taksi haydovchisi bo‘lgan 37 yoshli Anvar A., ga tegishli bo‘lgan avtouloviga yo‘lovchi sifatida chiqib, undan Shayxontohur tumani Ibn-Sino 1-mavzesiga olib borib qo‘yishini so‘rab, keyinchalik manziliga yetib kelganidan so‘ng mazkur manzilda xolasining uyiga kirib, televizorlarni ko‘tarib olib chiqishda yordam berishini iltimos qilib keyinchalik Anvar A. ushbu iltimosiga rozi bo‘lganligidan so‘ng, u bilan birgalikda xonadonlar yo‘lagiga kirishgan vaqtida, nomaʼlum shaxs Anvar A., ga nisbatan hayoti uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatib, uning yoqasidan ushlab, Anvar A., ning ustidagi sport kiyimining chap cho‘ntagida bo‘lgan 300 AQSH dollarini talonchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, hodisa joyidan yashiringan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida mazkur jinoyatni 24 yoshli Sanjar T., sodir etganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Sanjar T., ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “a” bandi (hayot va sog‘liq uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatib yoxud shunday zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitib, talonchilik qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, hozirda Sanjar T., protsessual tartibda ushlangan.  

Jinoyat ishi doirasida Sanjar T., so‘roq qilinganda u Anvar A.,ning  avtoulovga o‘tirganidan so‘ng Anvar A., ning egnidagi sport kiyimining chap cho‘ntagida AQSH dollari kupyurasidagi pullari borligini ko‘rib qolganligi sababli ushbu pullarni qo‘lga kiritish maqsadida, Anvar A., dan xolasining uyidan televizorlarni olib chiqishda yordam berishini so‘rab, Anvar A., ni xonadonga boshlab borib, jinoiy niyatini amalga oshirganligini maʼlum qilgan.

Hozirda jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech