O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

"Huquq-tartibot idorasi xodimiman" deb maqtanishning oqibati, o‘lim bilan yakun topdi

Toshkent shahri. 2021 yil 18 fevral kuni soat 19:30 larda 23 yoshli Ag‘zamjon X., Yashnobod tumani Katta Qo‘yliq MFYda joylashgan “Raimjon ota” kafesida tanishi 28 yoshli Bobomurod M., bilan birgalikda spirtli ichimlik isteʼmol qilib, suhbatlari davomida Bobomurod M., o‘zini “Milliy gvardiya va IIB xodimiman” deb uni shaxsiyatiga teguvchi so‘zlar bilan haqorat qilganida, Ag‘zamjon X.,da “senlar meni 10 sutkaga qamatgansizlar” deb unga nafrati uyg‘onib, shu kuni soat 01:00 larda Bobomurod M.,ni Katta Qo‘yliq MFY hududidagi yer osti yo‘lagiga olib borib, u yerda tanasining turli joylariga oyoq va qo‘llari bilan tan jarohati yetkazib, hodisa joyidan yashiringan. Natijada Bobomurod M., olgan tan jarohatlarining oqibatida hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Ag‘zamjon X.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “D” bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Olib borilgan tergov harakatlari davomida, marhum Bobomurod M., “Milliy gvardiya” xodimi emasligi, 2-guruh nogironi bo‘lib, hech qayerda ishlamasligi, Ag‘zamjon X., esa mardikorlik bilan shug‘ullanib bir necha marotaba maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etganligi tufayli, unga nisbatan 10 sutka qamoq jazosi qo‘llanilganligi maʼlum bo‘lgan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech