Sotib olingan “Damas” boshqa shaxsga tegishli ekanligi maʼlum bo‘ldi
Andijon viloyati. 2020 yilning 29 noyabr kuni 40 yoshli Azizbek N., Shahrixon shahri Buvayda MFY., hududida tanishi 27 yoshli Doniyorbek G‘., ga tegishli “Nexia-3” rusumli avtomashinasini 78 000 000 so‘m evaziga sotib, uning o‘rniga avtosalondan yangi “Damas” rusumli avtomashina sotib olib berishni vaʼda qilib, bergan vaʼdasini bajarmasdan pullarni o‘z ehtiyojiga sarflab yuborgan.
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, Azizbek N., Doniyorbek G‘.,larga avtosalondan “Damas” rusumli avtomashina sotib olib berib, ushbu avtomashinani 2021 yilning yanvar oyidan uning nomiga rasmiylashtirib berishini aytib, o‘zga shaxsga tegishli avtomashinani berib yuborganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Azizbek N.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi tegishli qism va bandlari (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, mulkingiz va pullaringizni notanish hamda halol inson sifatida Sizga tanish bo‘lmagan insonlarga o‘z xohishingiz bilan bermang. Firibgarlarni to‘riga tushib qolmaslik o‘z qo‘lingizda!
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti