“Bag‘dod” da hamma yoq tinchligini taʼminlayotgan IIB xodimlari olib qochilgan telefonni topib berishdi
Farg‘ona viloyati. 2021 yilning 03 fevral kuni soat 15.00 larda nomaʼlum shaxs Bog‘dod tumani markazidagi istirohat bog‘ida fuqaro 20 yoshli Eldorbek M., tanish qizi bilan o‘tirgan vaqtida, ularning oldiga kelib, Eldorbek M.,dan uyali telefon apparatini bir marotaba qo‘ng‘iroq qilib turish uchun so‘rab olib, ushbu uyali telefon apparatidagi Eldorbek M.,ga tegishli SIM kartani chiqarib, uning qo‘liga berib “bo‘ldi telefonga uxlading” deya narxi 400.000 so‘m bo‘lgan “Samsung S-2” rusumli uyali telefon apparatini olib qochib ketgan.
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari natijasida mazkur jinoyatni fuqaro 21 yoshli Ixtiyorjon E., sodir qilganligi aniqlangan va undan Eldorbek M.,ga tegishli “Samsung S-2” rusumli uyali telefon apparati ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Bog‘dod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Ixtiyorjon E.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 1-qismi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda jinoyat ishi yuzasidan Ixtiyorjon E.,gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan.
Dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti