O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Sotuvchining uyqusini buzgan qurollangan bosqinchi

Toshkent shahar. Joriy yilning 11 aprel kuni soat 03:30 larda nomaʼlum shaxs o‘zganing mulkini yashirin ravishda qo‘lga kiritish maqsadida, yuziga qora rangli niqob taqib, Bektemir tumani, Bektemir shox ko‘chasida joylashgan “5+ market” do‘koniga xaridor sifatida kirib, 25 yoshli sotuvchi N.D. uxlab yotganligidan foydalanib, kassa ostida bo‘lgan javondan pullarni olayotgan vaqtida, sotuvchi qiz uyg‘onib qolganini ko‘rib, qo‘lida bo‘lgan pichoq bilan unga namoyishkorona tahdid qilib, javonda bo‘lgan savdodan tushgan pullarni olib berishini talab qilib, o‘ldirish bilan qo‘rqitib, uni o‘ng oyoq son qismiga qo‘lida bo‘lgan oshxona pichog‘ini tirab, javonda bo‘lgan, 4.000.000 miqdordagi pullarni bosqinchilik yo‘li bilan egallab, hodisa joyidan nomaʼlum tomonga yashiringanligi aniqlangan.

Jinoyatni issiq izidan fosh etish maqsadida, voqea joyiga zudlik bilan tergov-tezkor guruhi yetib borib, olib borilgan tezkor-qidiruv ishlari natijasida, ushbu jinoyatni Yuqorichirchiq tumanida yashovchi muqaddam o‘g‘irlik jinoyati uchun sudlangan 18 yoshli A.A. sodir etilganligi aniqlanib, undan bir dona qora rangli niqob ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan A.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 164-moddasi 2-qismi “a” bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Muallif: Tergov departamenti UMIB tergovchisi

podpolkovnik S.S. Shirbacheyev

 O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech