Do‘konni o‘margan shaxslar “mahallaning o‘g‘rilari” bo‘lmasada, ular topildi
Toshkent shahri. 2021 yilning 01 yanvar kuni soat 13:00 da 30 yoshli Karen P., va 30 yoshli Denis K., lar o‘zaro jinoiy til biriktirib, bir guruhga birlashib, Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Sh.Rustaveli ko‘chasida joylashgan do‘konga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, fuqaro 32 yoshli Farxod S., ga tegishli narxi 4.160.000 so‘mlik bir dona “ Samsung ” rusumli televizor, narxi 540.000 so‘mlik bir dona “ANDELI” nomli stabilizator va narxi 220.000 so‘mlik bir dona quvvat relesini yashirin ravishda egallab, hodisa joyidan yashiringanlar.
Ushbu holat bo‘yicha berilgan xabarga asosan zudlik bilan hodisa joyiga tergov-tezkor guruhi chiqarilgan hamda hodisa joyi ko‘zdan kechirilib, 28 dona barmoq izlari olingan.
Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida yuqoridagi jinoyatni 30 yoshli Denis K., va Karen P., lar sodir qilganliklari aniqlanib, Karen P., yashaydigan Yakkasaroy tumani U.Nosir ko‘chasidagi xonadondan 11 dona kassa apparatlari, bir dona “ANDELI” nomli stabilizator va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan 30 yoshli Denis K., va Karen P., larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «v,G» bandlari (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda, Denis K., va Karen P., larning boshqa jinoyatlarga aloqadorliklari tekshirilmoqda.
Muallif: Yakkasaroy tumani IIO FMB TB
tahlil va nazorat bo‘linmasi katta tergovchisi
Sh.A.Mirkarimova
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti