O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Bosqinchi ozodlikdan mahrum etildi

Surxondaryoda bosqinchilik jinoyatini sodir etgan shaxsga nisbatan sud tomonidan 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Tergovda aniqlanishicha, 2019 yilning 22 dekabrь kuni taxminan soat 23:30 larda 23 yoshli Toʼlqin R., yuziga tibbiyot niqobi va qoʼllariga qoʼlqob taqib, pichoq bilan qurollangan holda Sherobod tumani Buyuk ipak yoʼli koʼchasidagi xususiy korxona hududiga temir panjaradan oshib tushish yoʼli bilan gʼayriqonuniy ravishda kirib, korxona qorovuliga pichoq bilan hujum qilib, tan jarohat yetkazish bilan qoʼrqitib, elektr kabelni kesib olib, shu kabel yordamida qoravulning qoʼl va oyoqlarini, soʼng oʼzini krovatga bogʼlab, 1-doʼkonning kuzatuv kamerasiga shikast yetkazib, gʼayriqonuniy ravishda doʼkonga kirib, temir seyfni ochib, 7.000.000 soʼm pullar va “Samsung galaxy J3” rusumli uyali aloqa vositasini qoʼlga kiritgan. Bundan tashqari, Toʼlqin R. 11-doʼkon oynasini sindirib, shkafdagi 8.500.000 soʼm pullarni qoʼlga kiritib, hodisa joyidan yashiringan.

Dastlabki tergov jarayonida Toʼlqin R., dan jinoiy yoʼl bilan qoʼlga kiritilgan “Samsung galaxy J3” telefon apparati va 9.284.000 soʼm miqdoridagi pullar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan. Unga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi “v” bandi (uy-joyga yoki boshqa binoga gʼayriqonuniy ravishda kirgan holda sodir etilgan bosqinchilik) bilan ayblov eʼlon qilingan va “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʼllanilgan.

Jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan tegishli sudlovga yuborilgan.

2020 yilning 14 may kundagi jinoyat ishlari boʼyicha Sherobod tumani sudining hukmiga koʼra Toʼlqin R., yuqoridagi jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan va unga nisbatan 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech