Savdo joyini talashish pichoqbozlik bilan yakunlandi
Surxandaryo. 2020 yilning 09 may kuni soat 16:00 da Sho‘rchi tumanida yashovchi 22 yoshli S.Sh. Sho‘rchi tumani “Elbayon” mahallasi hududida joylashgan oziq-ovqat mahsulotlari sotiladigan do‘kon hududida go‘sht mahsuloti sotayotgan vaqtida yoniga o‘ziga ilgaridani tanish bo‘lgan, ushbu joyda go‘sht mahsuloti sotish bilan shug‘ullanuvchi, 18 yoshli J.I. kelgan vaqtida u bilan go‘sht sotish uchun mo‘ljallangan joyi uchun o‘zaro talashib qolib, qo‘lida bo‘lgan xo‘jalik pichog‘i bilan, J.I., ga tan jarohati yetkazgan.
Holat yuzasidan fuqaro S.Sh., ga nisbatan Sho‘rchi tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “e” bandi (kasddan badanga og‘ir tan jarohatlari yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. S.Sh., ga nisbatan tegishli modda bilan ayblov e'lon qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti