O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

170.000 so‘m qarz uchun janjal bir shaxsning o‘limiga sabab bo‘ldi

Qashqadaryo viloyati. 2020 yilning 27 oktyabr kuni soat 22:00 da fuqaro 21 yoshli Z.I., Shahrisabz tumani “O‘rtaqo‘rg‘on” qishlog‘ida yashovchi qarindoshi 24 yoshli J.E.,ning yashash uyiga borib, 170.000 so‘m qarzini so‘rab, u bilan o‘zaro janjallashib qolib, uning yashash uyi oldida J.E.,ga oshxona pichog‘i bilan turli ko‘rinishdagi tan jarohatlari yetkazgan.

Fuqaro J.E., tibbiy yordam ko‘rsatish uchun ota-onasi tomonidan Shahrisabz shahar tibbiyot birlashmasiga olib borilgan. Ammo J.E., olgan tan jarohatlari oqibatida tashqi qon ketishi, o‘tkir yurak qon tomir va nafas yetishmovchiligidan shifoxonada vafot etgan.

Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish jarayonida, bir dona yog‘och dastali uzunligi 11 sm., tig‘ining uzunligi 14 sm. bo‘lgan oshxona pichog‘i va qonga o‘xshash dog‘lar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Z.I.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “D” bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Z.I., esa protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech