O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Go‘zallik salonidagi ayollarning janjali

Surxondaryo. 2020 yilning 09 noyabr kuni soat 11:00 da jamoat joyi hisoblangan Qiziriq markaziy dehqon bozori orqa tomonida joylashgan “Shadozi” nomli go‘zallik saloni binosida ushbu salonda ishlovchi 37 yoshli Zulfiya Sh., 22 yoshli Parinoz N., 20 yoshli Sarvinoz A., 17 yoshli Soxiba T.,lar hamda ushbshu go‘zallik saloni yonida joylashgan “Diana” go‘zallik saloni ishchisi 39 yoshli Matluba M., va uning qizi 18 yoshli Shaxzodabonu N., lar o‘zaro janjallashishlari oqibatida, 22 yoshli Parinoz N., 20 yoshli Sarvinoz A. va 17 yoshli Soxiba T., larga turli darajada tan jarohatlari olaganliklari aniqlangan.

Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, 22 yoshli Parinoz N., 20 yoshli Sarvinoz A. va 17 yoshli Soxiba T.,lar “yengil” tan jarohati olganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Qiziriq tuman IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan fuqaro Matluba M., va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “B” bandi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech