Rashk tufayli kelib chiqqan janjal og‘ir shikast yetkazish bilan yakunlandi
Andijon. 2020 yilning 02 sentyabr kuni soat 12:00 da 37 yoshli B.T., sharʼiy turmush o‘rtog‘i N.O‘., ni rashk qilganligi sababli, Andijon shahar Yorboshi MFY da joylashgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bozorida 31 yoshli X.X., bilan o‘zaro janjallashib, janjal vaqtida yog‘ochga qotirilgan o‘tkir tig‘li jism bilan X.X., ni bir marotaba urib, unga hayot uchun “og‘ir” bo‘lgan tan jarohati yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan Andijon shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan B.T., ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti