«Malibu» va «MAN» rusumli avtomashinalar toʼqnashishi oqibatida, uch nafar odam vafot etdi
Samarqand. 2020 yilning 01 iyul kuni soat 12:00 da Samarqand tumani Аndijon mahallasi hududidan oʼtuvchi M-39 avtomobilь yoʼlining 1095 kilometrida 51 yoshli T.T.ning boshqaruvida boʼlgan “MAN” rusumli yuk avtomashinasi va 49 yoshli Z.J. (ayol) boshqaruvida boʼlgan “Malibu” rusumli avtomashinalari toʼqnashuvi natijasida “Malibu” avtomashinasining yoʼlovchilari 50 yoshli M.K. (ayol), 51 yoshli J.S. (ayol) va 48 yoshli А.А., lar olgan tan jarohatlari bilan hodisa joyda vafot etganlar
Mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar oʼlimiga sabab boʼlgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli yoʼl harakati ishtirokchilari transport vositasini boshqarayotgandingizda amaldagi “Yoʼl harakati qoidalari” ga rioya qilishingizni soʼraymiz, oʼzingiz va boshqalarning hayotiga befarq boʼlmang.
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti