O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Ayanchli yo‘l-transport hodisasi

Tergov departamenti ma’lum qiladi: 2019 yil 31 oktabr kuni taxminan soat 10:30 da, fuqaro Sh.T. o‘ziga tegishli “Tiko” rusumli avtomashinasini “Sho‘rbozor-Chiroqchi-Shahrisabz” avtomobil yo‘lining Chiroqchi tumani, “Qoraburug‘” qishlog‘i hududidan chiqib keluvchi “4K-84” yo‘lining “4R-342” yo‘li bilan tutashuvchi qismida boshqarib borayotib, fuqaro B.B. boshqaruvidagi “Zil” rusumli yuk mashinasi bilan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasini sodir etgan.

Oqibatda, “Tiko” rusumli avtomashina haydovchisi Sh.T. va uning yo‘lovchisi B.U.lar hodisa sodir bo‘lgan joyda vafot etganlar. Bundan tashqari, mazkur avtomashina yo‘lovchilari X.O‘., X.A. va M.A.lar turli darajada tan jarohatlari olib, Chiroqchi tumani tibbiyot birlashmasiga yotqizilganlar.

Mazkur holat yuzasidan 2019 yil 31 oktabr kuni Chiroqchi tumani bo‘yicha  IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda va natijasiga ko‘ra qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech