O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Surxondaryoda avtomashinaning avvalgi egasi jinoiy guruh bo‘lib transport vositasini olib qochdi

Surxondaryo viloyati. 2022 yil 25 noyabr kuni Boysun tumani “Shirinobod” mahallasida yashovchi 44 yoshli M.K. Boysun tumani IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda joriy yilning 24 noyabr kunidan 25 noyabr kuniga o‘tar kechasi yashash uyi darvozasi oldida o‘ziga tegishli “VAZ 2107” rusumli avtomashinasini nomaʼlum shaxs olib qochib ketganligini maʼlum qilib, ushbu avtomashinasini topib berishda amaliy yordam berishlikni hamda nomaʼlum shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv ishlari natijasida jabrlanuvchiga tegishli bo‘lgan avtomashina 27 yoshli O.B., 18 yoshli T.D., 18 yoshli P.M. va voyaga yetmagan 17 yoshli X.S.lar tomonidan olib qochib ketilganligi aniqlangan.

Dastlabki tergov jarayonida aniqlanishicha, olib qochilgan avtomobil muqaddam O.B.ga tegishli bo‘lganligi, biroq u keyinchalik avtomashinani boshqa bir shaxslarga sotib yuborilganligi aniqlangan.

Jabrlanuvchi tomonidan avtomashina yo‘qolganligi to‘g‘risidagi huquqni muxofaza qiluvchi organlarga bergan xabaridan so‘ng jinoyatchilar tomonidan avtomashina yashirilgan hududi o‘zgartirilganligi aniqlangan, biroq IIO xodimlarining hamkorlikdagi olib borilgan tezkor ishlari natijasida “VAZ 2107” rusumli avtomashina topilgan va tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Boysun tuman IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan yuqoridagi shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 267-moddasi 2-qismi “B” bandi ( Transport vositasini bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilib, yuqoridagi shaxslar nima sababdan ushbu jinoyatga qo‘l urganligi aniqlanmoqda.

Muallif: Tergov departamenti UMIB tergovchisi

podpolkovnik S.S. Shirbacheyev

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech