Surxondaryoda erkak va ayol qurilayotgan binoning 16 mln. so‘mlik romlarini o‘g‘irlab ketishdi
Surxondaryo viloyati. 2023 yil 5 may kuni 32 yoshli T.M. Termiz shahar IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, u o‘z murojaatida Termiz shahar “Tuproqqo‘rg‘on” MFYda joylashgan qurilishi tugallanmagan ko‘ngilochar binoning 16.774.000 so‘mlik deraza va eshik romlari nomaʼlum shaxslar tomonidan talon-toroj qilinganligini maʼlum qilib, ushbu nomaʼlum shaxslarni topishda va ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Olib borilgan tergov-tezkor ishlar natijasida mazkur jinoyatni doimiy turar joyga ega bo‘lmagan 31 yoshli T.U. (erkak) va 45 yoshli Ch.N. (ayol) tomonidan sodir etilganligi aniqlanib, ulardan sakkiz dona to‘k-ko‘k rangda bo‘lgan romlar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Termiz shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan T.U va Ch.U.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 169-moddasi 2-qismi “v” bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda, ushbu shaxslarning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Muallif: Tergov departamenti O‘MIB tergovchisi
mayor T.Elbekov
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti