"Surxondaryoda o‘quvchi qizni zo‘rlanganligi" yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Surxondaryo: 2021 yil 09 aprel kuni Surxondaryoda o‘quvchi qizni zo‘rlanganligi va 14 oydan beri zo‘ravonga nisbatan hech qanday chora ko‘rilmayotganligi to‘g‘risida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan maqolalar yuzasidan rasmiy munosabat bildirilib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotganligi maʼlum qilingan edi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Termiz shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 118-moddasi 3-qismi “a” bandi (nomusga tegish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Jinoyat ishi doirasida mavjud qarama-qarshiliklarni bartaraf etish va haqiqatni aniqlash maqsadida tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti