O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Talonchi tanishini yerga qulatib, bor-budini olib qochdi

Toshkent shahar. 2022 yil 11 mart kuni 18:50larda 44 yoshli T.Z. Sergeli tumani “Yangi Qo‘yliq” ko‘chasida joylashgan “Akfa-Imzo” savdo ofisi binosining piyodalar yo‘lakchasida bo‘la turib, o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish maqsadida, shu yerdan o‘tib ketayotgan tanishi 43 yoshli E.O.ni cho‘ntagida pul bo‘lganligini gumon qilib to‘xtatib, ushbu pullarga egalik qilish maqsadida uni hayoti va sog‘ligi uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitib, turtib yerga qulatib, cho‘ntagida bo‘lgan bahosi 1.200.000 so‘mlik “Redmi-9” rusumli uyali telefon apparatini, fuqarolik pasportini va 3.251.000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘larini talonchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, hodisa bo‘lgan joydan yashiringan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlar natijasida ushbu jinoyatni sodir etgan T.Z. ushlanib, undan talonchilik yo‘li bilan ko‘lga kiritilgan E.O.ga tegishli bo‘lgan “Redmi-9” rusumli uyali telefon apparati ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Sergeli tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan T.Z.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 166-moddasi 2-qismi “a” bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech