O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Tanishining telefonini ochiqdan ochiq talon toroj qilgan shaxs ushlandi

Toshkent shahar. Joriy yilning 17 yanvar kuni 19 yoshli B.G. Yakkasaroy tumani IIO FMB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, o‘z arizasida shu kuni soat taxminan 21:00 lar atrofida, tanishi, 24 yoshli K.O., Yu.Rajabiy ko‘chasida joylashgan “Korzinka” supermarketining oldida unga tegishli bo‘lgan 4.700.000 so‘mlik “Pocco” rusumli telefon apparatini ochiqdan-ochiq tortib olganligini ko‘rsatib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida ushbu jinoyatni sodir etgan K.O. ushlanib, jabrlanuvchiga tegishli bo‘lgan “Pocco” rusumli telefon apparati ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan K.O.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2- qismi “a” bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u protsessual tartibda ushlangan.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

Muallif: Yakkasaroy tumani IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi

katta tergovchisi podpolkovnik Sh.A.Mirkarimova

O‘zbekiston Respublikasi huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech