O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Teng taqsimlanmagan o‘lja

Toshkent shahar. 2023 yil 16 iyul kuni soat taxminan 05:30larda nomaʼlum shaxs, o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Uchtepa tumani “O‘rikzor savdo kompleksi” ro‘parasidagi TXAY ko‘chasida joylashgan “Marioliva Eximus Trade” MCHJga qarashli “Mari Moloko” nomli do‘kon eshigini nomaʼlum jism yordamida ochib, do‘konga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, ushbu do‘kon kassa o‘rindig‘i oldida turgan tortma va shkaf ichidagi ikki kunlik savdodan tushgan taxminan 17.000.000 so‘m miqdoridagi pullarni yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa bo‘lgan joyidan nomaʼlum tomonga yashiringan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida mazkur jinoyatni 32 yoshli X.A. o‘zining jinoiy sherigi 30 yoshli A.A. bilan oldindan jinoiy til biriktirib, sodir qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Uchtepa tuman IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan X.A. va A.A.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 169-moddasi 2-qismi “v,g” bandlari (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Gumon qililinuvchilaridan biri X.A. ushlanib, undan 3 mln. so‘m pullar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan. Qolgan pullar qayerda ekanligi so‘ralganida, uning jinoiy sherigi o‘g‘irlangan pullardan faqatgina 5 mln. so‘m pullarini berganligini ushbu pullarning 2 mln. so‘m pullarini o‘zining ehtiyojlariga ishlatganini qolgan pullarini esa o‘ning sherigi olganligini bayon etgan.

Hozirda jinoyat ishi yuzasidan X.A. muqaddam ushbu turdagi jinoyatni sodir qilganligini inobatga olib, u O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 169-moddasi 3-qismi “a” bandi (takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan o‘g‘irlik) bilan ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etish uchun jalb qilinib, unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llanilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha X.A.ning jinoiy sherigi bo‘lgan A.A.ni ushlab topishga qaratilgan tezkor-qidiruv ishlari olib borilmoqda.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

Muallif: Muborak tumani IIB huzuridagi

Tergov guruhi tergovchisi mayor F.Saloxov

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech