Tilanchimi yoki Talonchimi
Navoiy viloyati. 2023 yil 08 may soat 14:30 larda ikki nafar lo‘li millatiga mansub bo‘lgan nomaʼlum qizlar, o‘zganing mol-mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish maqsadida Navoiy shahar A.Navoiy nomidagi istirohat bog‘ida piyoda harakatlanib ketayotgan 27 yoshli B.Sh.ning (erkak) oldiga tilanchilik qilib kelib, undan 1 ming so‘m miqdoridagi pullarni so‘raganda, B.Sh. cho‘ntagidan pullarni chiqarib, pullari orasidan 1 ming so‘m olib berayotgan vaqtida, qizlarning bittasi uning chap qo‘lidan tishlab, hayot yoki sog‘lik uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatib, shimining cho‘ntagida bo‘lgan 300 ming so‘m pullarni ikkinchi qiz esa uning bo‘ynidagi bahosi 200 ming so‘m bo‘lgan kumush zanjirini tortib olib, hodisa sodir bo‘lgan joydan qochib yashirinishgan.
Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida mazkur jinoyatni 16 yoshli voyaga yetmagan K.S. va 13 yoshli B.g.lar bir guruh bo‘lib sodir etganliklari aniqlanib, ulardan jabrlanuvchiga tegishli bo‘lgan 300 ming so‘m pullar va kumush zanjir ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan voyaga yetmagan K.S. va B.G.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 166-moddasi 2-qismi “a,v” bandlari (tovlamachilik) bilan jinoyat ishini qo‘zg‘atgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Muallif: Tergov departamenti katta tergovchisi
mayor B.Z.Xamdamov
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti