Tilimni tiyishim uchun menga nima bera olasan...
Farg‘ona viloyati. 2023 yil 12 aprel kuni Qo‘qon shahar Shoxruxobod ko‘chasida joylashgan “Media Park” savdo majmuasi yonidagi o‘rindiqda 19 yoshli M.S. o‘zini yaxshi ko‘rgan qizi bilan yonma-yon holatda suhbatlashib o‘tirgan vaqtida, 19 yoshli A.B. ularni bu holatlarini ko‘rib, o‘ziga tegishli bo‘lgan telefon apparatiga foto va video tasvirga olib, ularga go‘yoki jamoat joyida uyatli xatti-harakatlar sodir etganligini aytib, ushbu foto va video tasvirlarni IIB xodimlariga taqdim qilish bilan qo‘rqitib, maʼlumotlarni oshkor qilmaslik evaziga M.S.dan pul mablag‘larini va bir dona “Iphone X” rusumli telefon apparatini tovlamachilik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, jabrlanuvchiga tegishli bo‘lgan “Iphone X” rusumli telefon apparati A.B.dan ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan A.B.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti