O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Ichkilibozlikning ogʼir oqibatlari

Qoraqalpogʼiston. 2020 yilning 03 aprel kuni soat 00:20 da Beruniy tumani “Paxtakor” aholi manzilida 29 yoshli M.K., mast holatda qoʼshnisi 54 yoshli G.K. (ayol), ning turar joyiga kirib, qoʼllari hamda tergovga qadar tekshiruv davrida aniqlashning imkoni boʼlmagan jism bilan G.K,ning tanasini turli qismlari va bosh sohasiga urib, tan jarohatlari yetkazgan.
Natijada G.K., tan jarohatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasmiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Beruniy tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlinmasi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “e” bandi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, M.K.,ga ayb eʼlon qilinib, unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʼllanilgan. Dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Text to speech