O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Toshkent shahar “Abdulla Qodiriy” metro bekati oldida sodir bo‘lgan janjal yuzasidan

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar “Abdulla Qodiriy” metro bekati oldida fuqarolar o‘rtasida vujudga kelgan janjal yuzasidan Toshkent shahar IIBB Axborot markazi tomonidan izoh berilgan edi. 

Hozirda mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘Zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 277-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari davomida jinoyatning kelib chiqish sabablari to‘liq o‘rganilib, har bir ishtirokchining harakatlariga nisbatan huquqiy baho berilishi taʼminlanadi.

Tergov davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech