O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

“Tracer” avtomashinasi sotib olib berishni vaʼda qilgan firibgar

Toshkent shahar. 2021 yil 01 noyabr kuni 41 yoshli N.U. o‘zganing mulkini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida, Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan “Salom” choyxonaning oldida bo‘la turib, 47 yoshli N.M.ning ishonchiga kirib, unga joriy yilning 01 mart kuniga qadar “Tracer” rusumli avtomashina sotib olib berishini vaʼda qilib, jami 20.000 AQSH dollari miqdoridagi pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, N.M.ga bergan vaʼdasini bajarmasdan, pullarni o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan N.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Birovga ishonch bildirishdan oldin chuqur o‘ylab ko‘ring. Avtomashinalarni xarid qilish bo‘yicha shartnomalarni faqat avtomobillarini sotish litsenziyasiga ega bo‘lgan rasmiy idoralar orqali amalga oshiring. Firibgarlik qurboniga aylanib qolishdan ogoh bo‘ling!

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech