O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Parkentdagi og‘zaki tortishuv fojiali yakun topdi.

Toshkent viloyati. 2020 yil 04 fevral kuni taxminan soat 22:00 larda Parkent tumanida 28 yoshli M.Sh. (ayol) ishdan qaytayotib, ko‘cha boshida o‘ziga notanish bo‘lgan 22 yoshli A.T. bilan o‘rtalarida kelib chiqqan o‘zaro kelishmovchilik natijasida yonidagi ochilib yopiladigan pichoq bilan A.T.,ning chap tomon ko‘krak sohasiga bir marotaba urib tan jarohati yetkazgan va hodisa joyidan yashiringan. Natijada A.T.,ga shifoxonada ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan M.Sh.ga nisbatan Parkent tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech