O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Opiy” sotuvchisining zanjiri “Isroil”ga borib taqaldi

Surxondaryo viloyati. 2021 yil 09 fevral kuni IIB xodimlarining hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbiri davomida, 43 yoshli Isroil O., Denov tumani “Namozgoh” mahallasi hududida 9,18 gramm o‘tkir hidli moddani shartli ravishda xaridor sifatida jalb qilingan fuqaroga 1.800.000 so‘m evaziga sotayotgan vaqtida ushlanib, xolislar ishtirokida shaxsiy tintuv qilinganida yonidan 2,01 gramm o‘tkir hidli modda ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirilib olingan.

Sud kimyoviy ekspertiza xulosasida Isroil O., dan hujjatlashtirilib olingan jami sof og‘irligi 11,19 grammli o‘tkir hidli modda “OPIY” giyohvandlik moddasi ekanligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan 10.02.2021 yilda Denov tuman IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Isroil O., ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Taʼkidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, 10 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.

 O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi tergov departamenti

Text to speech